«Quturgan Ot» laqabli indeyslar sardoriga bagʻishlangan memorial kompozitsiya shunchalik ulkanki, haykaltarosh hayotlik chogʻida faqat uning bosh qismini tugatishga ulgurgan. Balandligi 170 va uzunligi 195 metr boʻlgan figurani yakunlash ustida haykaltaroshning oilasi ishni davom ettirmoqda. Ushbu joydan atigi 27 kilometr uzoqlikda shunga oʻxshash, unchalik ulkan boʻlmagan, ammo bizga ancha mashhur boʻlgan kompozitsiya bor. Qaysi biri?
Bu Rashmor togʻida (Janubiy Dakota) oʻyib ishlangan AQSHning toʻrtta prezidentining 60 futlik (18.3 m) bosh haykallari.