17-asrda sibirlik Marchko Xomyakov tushunmovchilik sababli zindonga tushib qoladi. Bunga sabab, qandaydir hushyor odam Sibir voyevodasiga "hukmron shaxsni nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgani haqida" chaquv yozgani edi. Aybsiz jabrlanuvchining, ehtimol, chaquvchiga nomaʼlum boʻlgan qanday xobbisi bor edi?
Chaquvchi guvoh boʻlgan shaxmat oʻyini paytida Marchko Xomyakov ehtiyotsizlik qilib: "Doskadan shohni olaman va uni motga joʻnataman" deb yuborgan edi.