London Milliy galereyasida taxminan XVII asrga oid bir rasm bor. Ushbu rasmda maʼlum bir ish bilan band boʻlgan avliyo Luka tasvirlangan. Muzey xodimlarining fikricha, rasm mehrobning (altar) yon qanoti hisoblanadi. Ushbu mehrobning markaziy qismi yoʻqolgan boʻlsa-da, unda qoʻlida chaqaloq tutgan madonna tasvirlanganini ishonch bilan aytish mumkin. Endi ayting-chi, Luka ushbu rasmda oʻzi uchun unchalik odatiy boʻlmagan qaysi ish bilan band?