Ushbu qadimiy raqs 17-asrning o'rtalariga qadar saroylarda urf bo'lgan. Uni uzun shleyfli ko'ylak kiygan ayollar va plash yopingan, qilich taqqan erkaklar plashlari bilan ma'lum harakatlar qilib ijro etishgan. Germaniyada bu raqs buzilgan holda paduana yoki padovana deb atalgan. Ammo bu raqsning "cho'qintirgan otasi" bo'lishga nafaqat Paduya da'vogarlik qiladi. Boshqa bir talqinga ko'ra, kim raqsga o'z nomini bergan?