1975-yil 17-yanvarda Filadelfiya ratushasiga yigʻilganlar oʻzlarining mashhur hamyurti, 1706-yil 17-yanvarda tugʻilgan Benjamin Franklinning tugʻilgan kunini nishonlashdi. Zalga koʻplab shamlar oʻrnatilgan va fotoelementlar, kuchaytiruvchi kaskadlar, optik qurilma hamda rele bilan bogʻlangan servomotorli murakkab elektron sxemaga ulangan ulkan tort qoʻyilgan edi. Ushbu qurilma yordamida yulduzlardan birining nuri tutib olindi va tortdagi shamlar yoqildi. Nima uchun teleskop aynan shu yulduzga qaratilgan edi?
Unga qadar masofa roppa-rosa 269 yorugʻlik yili edi, yaʼni tutilgan nur Franklin bilan tengdosh boʻlgan.