Plantagenetlar oʻrnini Lankasterlar, Lankasterlarni — Yorklar, Yorklarni — Tyudorlar, Tyudorlarni — Styuartlar, Styuartlarni — Gannover sulolasi, Gannoverni esa hozir ham hukmronlik qilayotgan Vindzor sulolasi egalladi. Vindzor sulolasining tugʻilishi 1917-yil 17-iyulga toʻgʻri keladi va uning birinchi qiroli — Georg V. Sulola almashishiga nima sabab boʻlgan?
Germaniya bilan urush — nomida Angliyaga dushman davlatning qismi boʻlmasligi uchun shunchaki nomi oʻzgartirilgan.