gotquestions.online

17-18-asrlarda ushbu jamoalarda hukm surgan tartib-qoidalar oʻsha paytda sayyoradagi eng progressivlaridan biri edi. Yevropada hali hamma joyda monarxiya boʻlgan bir paytda, ularda muhim qarorlar koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan. Hali hech kim ijtimoiy sugʻurta haqida oʻylamagan bir paytda, ularda jamoaning mehnatga layoqatsiz aʼzosi umumiy kassadan yordam olgan. Rahbar koʻpchilik ovozi bilan saylangan va bir necha oʻnlab oq tanlilardan iborat jamoani negr boshqargan holatlar boʻlgan, vaholanki Qoʻshma Shtatlarda irqlar tengligiga hali ancha bor edi. Gap kimlar haqida ketyapti?

Manba