1558-yil 17-noyabrda Angliya qirolichasi Mariya Tyudor vafot etgach, taxtga Elizaveta I oʻtirdi. Shu zahoti uning atrofini koʻplab muxlislar va uning qoʻli hamda taxtiga daʼvogarlar oʻrab oldi. Ammo Elizaveta qatʼiyat bilan bokira qirolicha boʻlib qolish niyatida ekanligini bildirdi: "Xudo yoʻlida, davlat manfaati uchun men bokiralik ahdimni buzmaslikka qaror qildim. Mening davlat uzugimga boqing, men u bilan allaqachon bir umr sodiq qoladigan turmush oʻrtogʻim bilan unashtirilganman". Soʻngra u nafaqat turmush oʻrtogʻini, balki farzandlarini ham aytdi. Siz ham turmush oʻrtogʻi va farzandlarini ayting.
Mening turmush oʻrtogʻim — Angliya, farzandlarim — mening fuqarolarim.