17 yoshli Judi Garlend bolalarcha yuzi tufayli "Oz mamlakati sehrgari" filmidagi bosh rolga tasdiqlangan. Biroq, suratga olish paytida u doimiy ravishda bir moslamadan foydalanishga majbur boʻlgan. Yarim asr oldin suratga olingan sovet filmida oʻynagan aktrisa esa bu moslamasiz ham uddalagan. U koʻp jihatdan aynan shu sababli bosh rolga tanlangan edi. Ushbu aktrisaning ismini ayting.