Kimyo tarixidan qiziqarli voqea. 1669-yilda Gamburgda nemis alkimyogari X. Brand falsafiy toshni qidirib, oʻz peshobini qum va koʻmir bilan qizdirishga qaror qildi. Falsafiy toshni u, albatta, topmadi, lekin ushbu tajriba natijasi unga koʻp pul keltirdi. U nimani kashf qildi?
U oq fosforni kashf qildi. Yarmarkalarda uning olinishi va porlashini namoyish etib, Brand oʻz hayotini taʼminladi.