Pleyada toʻdasidagi toʻqqizta yorqin yulduzdan yettitasi opa-singillar — Alsiona, Mayya, Elektra va hokazo ismlarini olgan. Sakkizinchi yulduz — ularning onasi Pleyona. Toʻqqizinchi yulduzning ismini gollandiyalik olim Sellariusning 1660-yilda nashr etilgan kitobining eng boshidan topish mumkin. Ehtimol, bu astronomiya tarixidagi birinchi shunday holatdir. Toʻqqizinchi yulduzning ismini yozing.