Ular asosan olti burchakli bo‘ladi, lekin uch burchakli va bir burchaklilari ham uchraydi. Uraldagi Kungur g‘ori devorlarida ularning kattaligi kaftdek keladi. Hali 1637-yilda Rene Dekart ularni aniq chizib bergan, o‘tgan asrning o‘rtalarida esa fotograf A. Simpson ularni suratga olib, ilmiy jurnalda e’lon qilgan. O‘shandan beri olimlarga ularning ikki mingga yaqin shakli ma’lum. Gap nima haqida ketmoqda?