1634-yilda BU INSON oʻzining ikki traktatdan iborat "Dunyo" nomli ishini yozib tugatadi. Ammo, bundan bir yil avval inkvizitsiya Galileyni sud qilgani sababli kitobni chop etish uchun qulay vaziyat emas edi. Agar U kitobni chop qilganda balki yaxshi gonorar olgan boʻlar edi. Agar chop etmaslikka qaror qilganda, hech kim bu haqida bilmas edi ham. Lekin, agar U kitobni chop etganda, balki UNI ham inkvizitsiya taʼqib qilgan boʻlar va ozodlikdan mahrum qilgan boʻlar edi. Ammo, boshqa tomondan oʻylab qarasak, agar chop qilmaganda hech narsa yoʻqotmagan boʻlar edi. Soʻz kim haqida bormoqda?