"Men hozir turgan bu katta shaharda, mendan boshqa savdo bilan shug‘ullanmaydigan hech kim yo‘q, hamma foyda bilan shunchalik bandki, men umrimning oxirigacha hech kimga sezilmasdan yashashim mumkin edi... Dunyoning yana qayerida hayotning barcha qulayliklari va barcha tasavvur qilib bo‘ladigan g‘aroyibotlarga bu yerdagidek osonlik bilan erishish mumkin? Yana qaysi mamlakatda bunday to‘liq erkinlikni topish mumkin?". Pyotr Vaylning ta’kidlashicha, "bugungi kunda bunday so‘zlar tegishli bo‘lgan faqat bitta shahar bor — Nyu-York. Ammo bu 1631-yilda yozilgan. Do‘stiga maktub muallifi — Rene Dekart". Shahar-chi?