Mana, bir manbaga koʻra 1629-yilda aytilgan monolog: "U modaga kirmoqda. Hamma narsadan davolaydi. U sovuq xilatlarni quritadi, yellarni haydaydi, jigarni mustahkamlaydi, yurakni tetiklashtiradi, oshqozon ogʻrigʻini yengillashtiradi. Uning bugʻidan koʻz yoshlanishi, quloq shangʻillashi va tumovda foydalaniladi." Boshqa bir manbadan esa bizga maʼlumki: bir ilm-fan namoyandasi ushbu panatseya (hamma dardga davo)ni yana biri bilan birga uchinchisiga almashtirish mumkinligini isbotlagan. Savol muallifi ushbu olimning ismini mutlaqo aniq aytishingizni soʻraydi.