AQSHning Atlantika sohilida, Massachusets shtatida okean ichkarisiga ancha kirib borgan Keyp-Kod yarim oroli bor. Amerika tushunchalari boʻyicha juda tarixiy joy. Aynan shu yerda, 1620-yilda ziyoratchilar (piligrimlar) keyinchalik Plimutga yoʻl olish uchun Yangi Angliya tuprogʻiga ilk bor qadam qoʻyishgan. Ushbu voqea xotirasiga atrofda yagona boʻlgan, dengizdan yaxshi koʻrinib turadigan pastroq tepalikda yodgorlik minorasi qurilgan. Bu tepalik qanday nomlanadi?