16-savol. Savolda “Uning koʻzyoshi” soʻzlari juft undoshlar bilan boshlanmaydigan ikki soʻzni almashtirib keladi. German-skandinav mifologiyasida “Sheʻriyat asali” nomli ichimlik boʻlib, undan bir bor tatib koʻrgan har qanday inson mohir shoirga aylanadi deyiladi. Chunki, bu ichimlik “Uning koʻzyoshi”dan tayyorlangan. U haqidagi ruscha vikipediya maqolasida donli oʻsimliklardan olinadigan bir nechta ichimliklarga havola ham mavjud. Savol: Almashtirilgan soʻzlarni yozib bering.