Bu odamni konstruktor sifatida kamchilik taniydi, vaholanki aynan u oʻta yuklamalar paytida inson tanasiga tushadigan ogʻirlikni aniqlash imkonini beruvchi 16 ta datchikli translyatorni loyihalashtirgan. Aslida hammasi shundan boshlangan. U translyator yonida turib, notoʻgʻri ulanish haqida oʻz fikrini bildirayotgan edi. Shu payt yonidan oʻtib ketayotgan Harbiy havo kuchlari polkovnigi Jorj Nikols hazillashib nimaning kashf etilganini eʼlon qildi?