Bu til davlatning rasmiy tili boʻlib, shimoliy-german guruhiga kiradi. 16-noyabrda ushbu til kuni nishonlanadi. Savol muallifiga shuni qiziq tuyuldiki, bu mamlakatda barcha chet tilidagi atoqli otlar rasman tan olinishi va foydalanishga yaroqli boʻlishi uchun maxsus komissiyada talaffuz qilinishi boʻyicha tekshiruvdan oʻtishi kerak. Bu qaysi til?