"Luna-16" kosmik apparati oy sirtiga qoʻnish uchun loyihalashtirilayotganda, qoʻnish joyini yoritish zarurati tugʻildi. Buning uchun apparatning pastki qismiga choʻgʻlanma lamba oʻrnatildi. Ammo, afsuski, lampaning vakuumli kolbasi tebranishlardan parchalanib ketaverdi. Muammoning koʻplab yechimlarini koʻrib chiqqach, konstruktorlar nihoyat oddiy va juda oqilona yoʻlni topishdi. Ular nima taklif qilishgan?
Kolbani butunlay olib tashlashni (Oyda oʻz vakuumi yetarli boʻlsa, yerning vakuumli kolbasi nima keragi bor?)