Kitti-Xokdagi (Shimoliy Karolina) meteorologiya stansiyasi xodimi Jozef Dosher 1900-yil 16-avgustda shunday yozgan edi: "Sizning xatingizga javoban shuni ma’lum qilamanki, bu yerdagi plyajning kengligi taxminan bir mil. Daraxtlar va baland tepaliklar yo‘q. Plyajning uzunligi qariyb 60 mil. Sentyabr-oktyabr oylarida asosan shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi". Xat kimga yo‘llangan edi?
Rayt aka-ukalariga (aniqrog‘i, Uilbur Raytga), ular o‘z tajribalari uchun maydon tanlayotgan edilar.