Leo Perutsning 16-17-asrlardagi Praga voqealari tasvirlangan "Tosh koʻprik ostidagi tunlar" romanida shunday epizod bor. Asar qahramonlari koʻchada kuchli nazorat ostida xristian cherkoviga olib ketilayotgan yahudiylar olomonini uchratishadi. U yerda ular iyezuit rohibi tomonidan ibroniy tilida oʻqiladigan, ularni choʻqintirishga undovchi "yahudiy vaʼzi"ni tinglashlari kerak edi. Romanda aytilishicha, ular mast kabi gandiraklab borishardi, chunki bunga qadar vaʼzdan qutulishga yordam beradigan eski, sinalgan usulni qoʻllashgan edi. Ayting-chi, vaʼzdan oldingi ikki sutka davomida ularning xatti-harakatlarida nima umumiylik bor edi?