Ushbu shahar 1519-yil 16-noyabrda tashkil etilgan, 1553-yilda maʼmuriy markazga aylangan, 1959-yil 1-yanvarda esa unga togʻlardan isyonchilar kirib kelgan. Shaharning zamonaviy diqqatga sazovor joylari orasida Napoleon Bonapart muzeyi, Lenin nomidagi bogʻ, Tropikana kabaresini ziyorat qilishga arziydi. Agar bu yerga kelsangiz — albatta milliy raqs boʻlmish dansonni oʻrganing. Bir daqiqadan soʻng ushbu shahar poytaxti boʻlgan davlat rahbarining familiyasini yozing.