Buni 1596-yilda britaniyalik Jon Garrington ixtiro qilgan. Shuning uchun inglizlarga Yevropa Ittifoqi komissiyasi nemis konstruksiyasini asos qilib olib, butun Yevropa uchun yagona standart joriy etishga qaror qilgani juda alam qiladi. London buni Britaniya madaniy anʼanalariga hujum deb hisoblaydi. Bahs nima bilan tugashi nomaʼlum. Ammo inglizlar ham, nemislar ham fransuz konstruksiyasi mutlaqo yaroqsiz ekanligiga kelishishadi. Hozircha Gretsiyadan Finlandiyagacha ishlab chiqariladigan barcha modellarni ogʻirligi 110 gramm boʻlgan maxsus standart plastik test-obyekti va 12 ta bir xil buyum yordamida sinovdan oʻtkazishga qaror qilindi. Oxirgi 12 ta buyum nimadan tayyorlangan?
Qogʻozdan (hojatxona qogʻozi, lekin shunchaki qogʻoz ham qabul qilinadi).