U haqidagi kitobning birinchi variantida u — magʻrur, havoda uchadi, doʻzax va jannatga tashrif buyuradi, Goʻzal Yelena bilan turmush quradi, shoh Sulaymonning barcha ayollari bilan birga boʻladi, oxir-oqibat esa jinlar tomonidan parchalab tashlanadi. 1589-yilda ingliz Kristofer Marlo tragediya yozadi, unda oʻsha qahramon Vatikanda Rim papasiga qarshi chiqadi, Reyn daryosi suvini ortga qaytarmoqchi boʻladi. Keyinchalik u qoʻgʻirchoq teatri qahramoniga aylandi va uni mashhurroq muallif oʻsha yerda koʻrib qoldi. 1480-yilda Knitlingten shahrida tugʻilgan bu inson kim?