1568-yilda Ispaniya qiroli Filipp II oʻz ukasi Xuan uchun galera buyurtma qildi, uning bezatish ishlarida bir guruh taniqli rassom va haykaltaroshlar mehnat qildi. Qirolning ukasi mashhur tashkilot a’zosi ekanligini bilgan holda, rassomlar galeraning burun qismida boshqa bir kemaning yurishi tarixidan lavhalarni tasvirlashdi. Bu qaysi kema ekanligini topgan boʻlsangiz, tilga olingan tashkilotni ayting.