1518-yilning yozida Fransiyaning Strasburg shahri koʻchalari kulgi va musiqa sadolari bilan toʻlib toshdi. Odamlar bayram nishonlashar va shahar anchagina gavjum edi. Ammo keyinchalik gʻalati bir HOLAT yuz berdi. Frau Troffea ismli ayol tomonidan boshlangan bu HOLAT butun shahar boʻylab tarqalib bir necha oʻnlab va keyinchalik yuzlab odamlarni oʻziga ergashtirdi. Bu oʻziga xos “kasallik” shaharning badavlat savdogarlaridan tortib, kamtar dehqonlarigacha boʻlgan barcha qatlamlarni qamrab oldi. Kasallanganlar koʻchalarda, uylarida va hatto ibodatxonalarda ham shu holatda edi. Ularning koʻplari vafot etdi. Shahar maʼmuriyati bu oʻziga xos KASALLIKNI shaytonning hiylasi yoki Xudoning laʼnati deb baholadi. 1518-yilning sentabr oyiga kelib bu qanday boshlangan boʻlsa toʻsatdan tugadi. Kasallanganlarni esa yaqin atrofdagi Savern shahridagi ziyoratgohga olib borishdi va u yerda Xudodan kechirim soʻrab duo qilishdi. Bu oʻziga xos “kasallik”dan 400 ga yaqin odam halok boʻldi. Bu gʻalati epidemiya tibbiyot yilnomalari va arxiv hujjatlarida ham tasdiqlangan. D/S: Yuqoridagi HOLAT yoki oʻziga xos KASALLIK nomini oʻzbekcha 2 soʻzda yozib bering.