Uchta tarkibiy qism haqidagi ushbu qonun 1516-yilda Bavariya gersogi Vilgelm IV tomonidan qabul qilingan. Oradan uch yarim asr o‘tib Germaniya imperiyasi tuzilayotganda, Bavariya hukumati unga qo‘shilish sharti sifatida ushbu qonunga rioya qilinishini talab qilgan va bu qonun Germaniya Federativ Respublikasida hozirgacha amal qiladi. Bu qanday tarkibiy qismlar va ulardan nima tayyorlanadi?