1507-yilda Shpangeym monastiri abbati Iogann Triteliy u haqida shunday yozgan edi: "Oʻzini nekromantlar yetakchisi deb atashga jurʼat etayotgan bu Georgiy Sabelius — darbadar, safsataboz va firibgardir. Uni qamchilash kerakki, bundan buyon muqaddas cherkovga qarshi va nopok ishlarni ochiqchasiga oʻrgatishga jurʼat etmasin." Bu odam oʻzini "faylasuflar faylasufi" deb imzolardi. Martin Lyuter uni oʻz dushmani deb bilgan, tanishlari orasida Germaniya imperatori va Ispaniya qiroli Karl V hamda Fransiya qiroli Fransisk I boʻlgan. U taxminan 1480-yilda tugʻilib, 1540-yilda vafot etgan. U haqidagi birinchi kitob 1587-yilda chiqqan, keyin Kristofer Marlo yana birini yozgan, garchi biz uni asosan kechroq yozilgan asarlardan bilsak ham. Bu odam kim?