gotquestions.online

Parijlik jallodlar Sansonlar sulolasi 150 yildan ortiq, XIX asrgacha faoliyat yuritgan. Ularning oxirgisi — Klemon-Anri Sanson — dabdabali hayotni yaxshi koʻrardi; bir necha yil davomida oʻzining bevosita vazifalarini umuman bajarmadi, chunki Parij sudlari oʻlim jazosi haqida hukm chiqarmas edi. Nihoyat shunday hukm eʼlon qilinganda, Klemon-Anri... jinoyatchini gilyotinadan oʻtkaza olmadi. Natijada u ishidan ayrildi va shu bilan jallodlar sulolasi butunlay tugadi. Nima uchun Sanson oʻz vazifasini bajara olmadi?

Manba