gotquestions.online

Xalqaro kosmik stansiyaga navbatdagi kosmonavtlar guruhini yuborish arafasida kutilmagan qiyinchiliklar yuzaga keldi. 150 dan ortiq olimlar NASA xodimlari bilan birgalikda stansiyadagi ekipaj aʼzolaridan birida paydo boʻladigan muammolarni hal qilish uchun kongressga yigʻilishdi. Muhokama qilingan omillar orasida — stansiya bir sutkada Yer atrofida amalga oshiradigan 16 ta aylanish, sublimatsiyalangan oziq-ovqat, shuningdek, bitta obyektning stansiyaga nisbatan oʻzgaruvchan holati bor edi. Ushbu obyektni ayting.

Manba