Moskvadagi yirik supermarketlarda ish kuni oxirida 150 kilogrammgacha SHU narsa toʻplanib qoladi. Xaridorlar UNI oʻzlari bilan olib ketishdan koʻra, doʻkonda qoldirishni afzal koʻrishadi. Soʻrovda qatnashgan har yettinchi ingliz esa UNI tashlab yuborishini tan oladi, chunki BU narsa uning gʻashiga tegadi. Ehtimol, Angliyada yaqin orada UNING baʼzi turlarini ishlab chiqarishdan voz kechishar. Aytgancha, bunday qaror foydasiga keltirilgan dalillardan biri shuki, hatto maʼlum bir mashgʻulot egalari ham UNI qabul qilishdan bosh tortishmoqda. Ularning mashgʻulot turini ayting.