Bir necha yil oldin AQSHda oʻrtacha amerikalikning tanishlar doirasi qanchalik kengligini aniqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazildi. Bu mavzuda turli soʻrovnomalar oʻtkazishning mashaqqatliligini va olingan natijalarning xolis emasligini tushungan tadqiqotchilar, yuqoridagi usullarga murojaat qilmasdan va tanishlar doirasi oʻrganilayotgan odamlar bilan umuman muloqot qilmasdan juda aniq natijaga erishdilar — maʼlum boʻlishicha, amerikaliklar hayoti davomida oʻrtacha 150 ga yaqin tanish orttirar ekanlar. Ular bunga qanday erishdilar?
Ular DAFN MAROSIMLARIDA qatnashganlarni sanashgan.