Ingliz firmalaridan biri "abadiy" elektr fonarchasini ishlab chiqaradi. Reklamada aytilishicha, unga 150 metr chuqurlikka tushish zarar yetkazmaydi, fonarcha korroziyaga uchramaydi, uni sindirish yoki parchalash imkonsiz. Ushbu mahsulotga egasining butun umri davomida amal qiladigan kafolat beriladi. Biroq kafolat talonida shunday izoh bor: "Firma fonarchaga akula, ayiq va ... hujum qilishi oqibatlari uchun javobgar emas". Kimning?