Lotin Amerikasi davlatlaridan birida bugungi kunda 150 ga yaqin aʼzosi boʻlgan klub mavjud. Unda bir nafar rossiyalik ham bor. Aynan uning tavsiyasi bilan ushbu klubga qurbaqa, mochalka, Sankt-Peterburglik politsiyachi, Barbos va qaroqchi faxriy aʼzo sifatida qabul qilingan. Rossiyalikning tavsiyasi bilan qabul qilingan, bizningcha, ushbu klubning oltinchi, eng faxriy aʼzosini ayting.
Quyosh. (Klub tana aʼzolaridan birini timsoh yutib yuborgan odamlarni birlashtiradi. Faxriy aʼzolar — butunlay yutib yuborilganlar).