Yaqinda KXDRda kapitalizmning zararli taʼsiriga qarshi navbatdagi kampaniya boshlandi. Kampaniya nomidan koʻrinib turibdiki, kurash obyekti sotsialistik turmush tarziga mos kelmaydi. Mafkurachilarning tushuntirishicha, koreyslarning ushbu yangi dushmani "koʻp miqdorda ozuqa moddalarini talab qiladi va bosh miyani oʻgʻirlaydi, shuning uchun insonning aqliy qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi". Fuqarolar dushmanni doʻstdan farqlashlari uchun maxsus shkala ishlab chiqilgan: fuqaroning yoshiga qarab meʼyor oʻzgaradi, biroq har bir koreys uchun yagona tavsiya mavjud — buni har 15 kunda bir marta qilish kerak. Aynan nima qilish?