[Boshlovchiga: oʻqish paytida qoʻshtirnoqlar aytilmaydi, savol matni ekranda koʻrsatilganda esa ularni olib tashlash kerak.] Savolda IKS bitta soʻzning oʻrnini bosadi. Arxiyeiskop Tomas Kranmerning buyrugʻiga binoan, bidʼatda ayblanganlar minoraga qamalgan. Kristofer Sensomning yozishicha, shaharliklar qamoqxonaning yoritilgan derazasini Kranmerning IKSi deb atashgan. Mazkur qamoqxonadan “IKS”gacha taxminan 15 daqiqada yetib borish mumkin. Ushbu IKS nima?