Diqqat, Stenford universitetidagi malaka imtihonida taklif qilingan masala. Uni yechish uchun kutilayotgan vaqt — 15 daqiqa. "Ikkita arqon boʻlagi berilgan. Bu boʻlaklar har xil uzunlikda va har xil materiallardan tayyorlangan. Har bir boʻlak bir uchidan ikkinchi uchigacha roppa-rosa bir soatda yonib tugaydi. Yonish tezligi doimiy emas — boʻlak boshida tez va oxirida sekin yoki boshqa har qanday usulda yonishi mumkin. Agar sizda faqat shu ikkita arqon boʻlagi va bir quti gugurt boʻlsa, 45 daqiqani qanday oʻlchash mumkin?". Ushbu masalaning arqonlarni yoqishdan boshqa hech qanday harakat bajarilmaydigan yechimini tasvirlab bering.
Siz bitta arqonni xotirjam yoqasiz, ikkinchisini esa qoʻlingizda aylantirib turasiz. Masalani yechish vaqti tugagani eʼlon qilinganda, arqonni oʻchirasiz. Qolgan boʻlak — roppa-rosa 45 daqiqalik boʻladi...