Nemis sotsiologlari nima uchun Mihael Shumaxer buni qilmasligi haqida koʻplab taxminlarni ilgari surishgan. Buni qilmaydigan uchta eng yirik guruhga — ishsizlar, ayollar va sobiq GDR aholisiga — Shumaxer aniq kirmaydi. An'anaviy sabablar — qiziqish yoʻqligi, goʻdaklik (infantillik), unutiluvchanlik, qat'iyatsizlik ham Shumaxer kabi odamga toʻgʻri kelmaydigandek edi. Nihoyat, hammasini poygachining kibriga yoʻyishdi. Ammo yaqinda u 15 yil ichida birinchi marta buni qildi, garchi aynan qanday qilganini bilmasak ham. Shuning uchun shunchaki ayting: u nima qildi?