1942-yil 15-iyunda ittifoqqa birlashgan oltita millat Germaniya, Yaponiya va Italiyaga urush eʼlon qildi. Taʼbir joiz boʻlsa, urush soʻqmogʻiga chiqishdi. Ushbu millatlar uchun umumiy boʻlgan bir belgi boʻyicha ularni ittifoqchi davlatlardan biriga kiritish mumkin. Boshqa bir belgi boshqa bir ittifoqchi davlatni eslatadi, "urf-odat bilimdonlari" esa uchinchi ittifoqchi davlat bilan ham oʻxshashlik topishadi. Toʻrtinchi ittifoqchi bilan esa ular hatto bir vaqtlar jang qilishlariga toʻgʻri kelgan. Ushbu ittifoqni ayting.