Yevropada uzunligi qariyb 1400 kilometr, kengligi esa 100 metrga yaqin boʻlgan yer maydoni bor. U oʻziga xos qoʻriqxonaga aylangan. Biologlar tomonidan uni oʻrganish hali yakunlanmagan boʻlsa-da, bu yerda Qizil kitobga kiritilgan 85 turdagi hayvon va 120 turdagi oʻsimlik topilgan. Hozirda bu yerlar asta-sekin, asosan qishloq xoʻjaligi uchun oʻzlashtirilmoqda. Ehtimol, noyob oʻsimlik va hayvonlar uchun ushbu "siyosiy boshpana"ni qisman boʻlsa-da saqlab qolish uchun zonaning bir qismida "Yashil polosa" qoʻriqxonasi tashkil etilar. Xoʻsh, bu hudud qaysi davlat hududida joylashgan?