Milanlik bir firma tashkil etilganining yigirma yilligi munosabati bilan uning egasi Fred Magido o'z mahallasida yashaydigan 14 yoshdan kichik barcha o'g'il bolalarga yangi rogatka sovg'a qildi. Sovg'aga uning tashrif qog'ozi ilova qilingan bo'lib, unda "Doimiy hamkorlik uchun minnatdorchilik bilan" deb yozilgan edi. Ayting-chi, uning firmasi nima bilan shug'ullangan?