Oʻrta asr ritsari boʻlish nafaqat sharafli, balki xavfli ham edi. Turli dushmanlar bilan jang qilish ritsarlar uchun unchalik xatarli emasdi — oʻqotar qurollar paydo boʻlguncha toʻliq ogʻir himoya sovutidagi odamni oʻldirish juda qiyin boʻlgan. Otning ustidan yiqilish, albatta, ogʻir, lekin tajribali ritsar uchun oʻlim darajasida emasdi. Xoʻsh, ularning toʻsatdan vafot etishining asosiy sababi nima edi? Bu sabab tufayli faqatgina 1360-yilning oʻzida Puatye va Kresi janglarida halok boʻlganlardan ham koʻproq ingliz ritsarlari qurbon boʻlgan.