Bir versiyaga koʻra, ushbu belgi Injildagi sehrgarlar haqidagi afsonaga borib taqaladi. Baʼzan uni Serafim ordeni zanjiri bilan oʻralgan holda koʻrish mumkin. Emblema sifatida u 1336-yildan beri maʼlum. Ushbu belgi nomi laqabga aylangan bir guruh odamlar ilk bor 1920-yilning yozida oʻzlarini rasman eʼlon qilishgan. Bu yil esa ularni ketma-ket omadsizliklar taʼqib qilmoqda. Oxirgisi unchalik alamli boʻlmasa-da, undan oldingisi — shunchaki sharmandalik. Ushbu sharmandalikning bevosita aybdorlarini ayting.