Afsonaga koʻra, atsteklarning sargardonligi Teskoko koʻli orolidagi kaktusda tumshugʻida ilon tutgan burgutni koʻrmagunlaricha davom etgan. 1325-yilda ushbu orolda "vaʼda qilingan yer"ga yetib kelgan qabila shahar barpo etadi va uning nomida buyuk yoʻlboshchilar — Meshi va Tekocha nomlarini abadiylashtiradi. Hozirda biz bu shaharni nima deb ataymiz va bu burgutni qayerda koʻrish mumkin?