Agar ushbu soʻzni "Yandeks" qidiruv tizimiga yozsangiz, topilgan sahifalar soni besh yuz mingdan oshadi. Ushbu havolalar orqali oʻtish mumkin boʻlgan materiallar orasida aholisi 130 000 dan ortiq boʻlgan dengiz boʻyi shahriga bagʻishlangan geografik, shuningdek, turistik va sportga oid maʼlumotlar bor. Ammo sahifalarning katta qismi manzili sizga shubhasiz maʼlum boʻlgan saytda joylashgan. Ushbu soʻzni yozing.