2004-yil 13-martda Vladimir Kramnik va Peter Leko oʻrtasidagi boʻlajak oʻyinga bagʻishlangan matbuot anjumanida quyidagi voqealar sodir boʻldi. Avval tashkilotchi Adriana Madeyra shaxmat taxtasi markazidagi kataklardan birini koʻrsatdi. Soʻngra zalda Kramnik va Leko paydo boʻlib, oʻzaro blits-partiya oʻynashdi. 17-yurishda partiya shaxmatchilar uchun kutilmaganda toʻxtatildi. Sodir boʻlgan barcha voqealarni bir soʻz bilan ayting.