1930-yil 13-iyulda Londonning Albert-xoll zaliga bir necha kun avval vafot etgan inson xotirasini yod etish uchun minglab odamlar yigʻildi. Uning bevasi va farzandlari sahnaga taklif qilinganda, ular u yerdagi kursilarga oʻtirishdi, ammo markaziy kursini boʻsh qoldirishdi. Shu tariqa ular bu inson koʻp yillar davomida qiziqqan narsasiga oʻziga xos ehtirom koʻrsatishdi. Bu insonning ismini ayting.