Kimyogar Reley atmosfera havosi va ammoniy nitritidan olingan azotning zichligini solishtirib, argon gazini kashf qildi. Birinchi holatda bir litr gazning massasi 1257 milligramm, ikkinchisida esa 1250 milligrammni tashkil etdi. Bir maqolada argonning kashf etilishi IKSning tantanasi boʻlgani yozilgan. Muallif ushbu savolda IKSni M [em] deb hisoblagan. Biz IKS bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik?