"Kecha men soyalar saltanatida boʻldim. Bilsangiz edi, u yerda boʻlish qanchalik gʻalati. U yerda tovushlar yoʻq, ranglar yoʻq. U yerda hamma narsa — yer, daraxtlar, odamlar, suv va havo — kulrang, bir xil rangga boʻyalgan; kulrang osmonda — quyoshning kulrang nurlari; kulrang yuzlarda — kulrang koʻzlar, daraxt barglari esa kul kabi kulrang. Bu hayot emas, balki hayotning soyasi, bu harakat emas, balki harakatning tovushsiz soyasidir". Taxminan 125 yil avval "Nijegorodskiy listok" muxbiri shunday xitob qilgan edi. U nimani shunday tasvirlagan?